Tojikiston va Qirgʻiziston chegarasida otishma roʻy berdi
Bu voqea bugun, 24-may kuni roʻy berdi. Qirgʻiziston davlat chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, qirgʻiz chegarachilari Botkent viloyati hududida Tojikistonning Vorux qishlogʻi aholisining mol boqishga boʻlgan urinishini oldini olishgan, deb xabar berdi Sputnik.
“Soat 11:40 da Qirgʻiziston va Tojikiston chegarachilari oʻrtasida qisqa otishma sodir boʻldi. Qirgʻiziston chegarachilari tomonidan jabrlanganlar yoʻq”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, soat 12:20 da voqea joyiga yetib kelgan ikki davlat chegara vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Hozir qirgʻiz-tojik chegarasining ushbu hududida vaziyat barqaror. Tomonlar ushbu hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Tojik tomonining hodisa bilan bogʻliq bayonoti hozircha eʼlon qilinmagan.
Eslatib oʻtamiz, 8-may kuni ham tojik-qirgʻiz chegarasida qurolli mojaro yuz bergan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring