Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi avtobus yoʻnalishlari jadvali maʼlum boʻldi
Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi avtobus yoʻnalishlari jadvali maʼlum boʻldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Asian Express xabarida aytilishicha, birinchi reys Xoʻjanddan Toshkentga ertaga, 18-oktabr kuni soat 8:00 da joʻnaydi. Toshkentdan Xoʻjandga qaytish vaqti - 18.00.
Bir tomonlama sayohat yoʻlovchilarga yoʻl kira haqi 100 somoniy turadi. Yoʻnalish har kuni amalga oshiriladi.
Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, pandemiya boshlanganda mamlakatlar oʻrtasida avtobus qatnovi toʻxtatilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring