Tojikiston Prezidenti Oʻzbekiston delegatsiyasini qabul qildi

18:13 11 Mart 2024 Siyosat
568 0

Avval xabar qilinganidek, Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasi joriy yilning 11-12-mart kunlari ishchi tashrif bilan Tojikiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Bugun, 11-mart kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasini qabul qildi.

Bosh vazir, dastlab, Prezident Emomali Rahmonga Oʻzbekiston Yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari oʻrtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil boʻlayotganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер