Toʻsiqsiz turizmni rivojlantirishda xalqaro tashkilot bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda
Mamlakatmizda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Turizm qoʻmitasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda asosiy eʼtibor sayohatni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulaylashtirish, pandus, lift va ovozli maʼlumotnomalarni oʻrnatish, imtiyoz va chegirmalar tizimini yaratishga qaratilgan boʻlib, bugungi kunda jahon tajribasi oʻrganilmoqda.
Bugun, 27-oktabr kuni Qoʻmitaning Ichki va ziyorat turizmni rivojlantirish hamda barqaror turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda xalqaro “Globe4all” tashkiloti oʻrtasida onlayn muloqot oʻtkazildi.
Muloqot jarayonida Oʻzbekistonda inklyuziv turizmni rivojlantirish, bunda sayohatga chiqqan nogironligi boʻlgan shaxslar barcha turizm maskanlari, jumladan, madaniy meros obyektlari haqida barcha maʼlumotlarga ega boʻlishlari muhim ekanligi qayd etildi.
Hamkorlikning dastlabki qadami sifatida 2024-yilda toʻsiqsiz turizmni rivojlantirish uchun xalqaro “Globe4all” tashkiloti, qoʻmita va uning tizimidagi barcha tashkilotlar hamda turoperatorlar bilan hamkorlikda sayohat dasturlari ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring