Toshkentning uchta tumanida “svet” oʻchirildi
Bugun, 22-may kuni Toshkentning Bektemir, Mirobod hamda Uchtepa tumanlarida “svet” oʻchirildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish sabab boʻlgan.
Shu bois quyidagi hududlar elektr taʼminotidan vaqtincha uziladi:
- Bektemir tumani: Musaffo MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Mirobod tumani: Baratxoʻja MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
- Uchtepa tumani: Shoir MFYning ayrim hududlarida soat 13:00 dan 17:00 gacha.
Shuningdek, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi ham qoʻshimcha qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring