Toshkentning Shayxontohurdagi 1-son, Yashnoboddagi 4-son, Yunusoboddagi 7-son hamda Uchtepadagi Shahar tez yordam shifoxonalariga tumanlararo markaz maqomi beriladi

19:21 05 May 2022 Siyosat
964 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Tuman darajasida shoshilinch tibbiy xizmatni qayta koʻrib chiqish va qamrovini kengaytirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Buning uchun:

— tuman va shahar shifoxonalaridagi terapiya, pediatriya va xirurgiya yoʻnalishida bir-birini takrorlaydigan rejali va shoshilinch boʻlimlar birlashtiriladi;

— u yerda tunu-kun ishlaydigan shoshilinch yordam qabulxonalari tashkil etiladi;

— Respublika ixtisoslashgan markazlarida shoshilinch yordam koʻrsatish amaliyoti joriy etiladi.

Viloyat shoshilinch va 21 ta tumanlararo qoʻshma shikastlanish markazlari eng zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlandi. Lekin boshqa shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga diagnostika xizmatini koʻrsatmaydi.

Bundan buyon boshqa shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga ushbu markazlarda ham bepul yuqori texnologik tekshiruv oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Toshkentning Shayxontohurdagi 1-son, Yashnoboddagi 4-son, Yunusoboddagi 7-son hamda Uchtepadagi Shahar tez yordam shifoxonalariga tumanlararo markaz maqomi beriladi. Ular 34 turdagi yuqori texnologik tibbiy jihozlarni oʻrnatishga moslashtiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер