Toshkentning qator tumanlarida gaz va elektr energiyasi taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi

10:18 05 Iyul 2024 Jamiyat
338 0

Poytaxt tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabar berdi.

Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 5-iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

Yunusobod tumani — “Buyuk Turon” MFYning ayrim hududlarida soat 11:00 dan 12:00 gacha;

Chilonzor tumani — “Doʻmbirobod” MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Uchtepa tumani — “Xuroson” MFYning ayrim hududlarida bugun soat 09:30 dan 17:30 gacha.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Shuningdek, taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Shayxontohur, Yangihayot, Sergeli va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 5-iyul kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

aholi isteʼmolchilari soni — “Beshyogʻoch” MFYdagi 220 ta yerli xonadon, “Katta Olmazor” va “Beshyogʻoch” MFYlari koʻp qavatli uylaridagi 1505 ta xonadon;

ulgurji isteʼmolchilar soni — 30 ta.

Shayxontohur tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

aholi isteʼmolchilari soni — Navoiy koʻchasi 8 ta koʻp qavatli uylardagi 240 ta xonadon.

Yangihayot tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)

aholi isteʼmolchilari soni — “Humo” MFYdagi 176 ta yerli xonadon, “Mashʼal” MFYdagi 90 ta yerli xonadon;

ulgurji isteʼmolchilar soni — 2 ta.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 17:00 gacha)

aholi isteʼmolchilari soni — “Sofdil” MFYdagi 70 ta yerli xonadon;

ulgurji isteʼmolchilar soni — 3 ta.

Olmazor tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

aholi isteʼmolchilari soni — “Orzu” MFY 5 ta koʻp qavatli uylardagi 237 ta xonadon;

ulgurji isteʼmolchilar soni — 7 ta.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер