Toshkentning qaysi tumanida qurilish bilan shugʻullanayotgan korxonalar soni koʻp?
Foto: Statistika agentligi
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Oʻzbekistonda qurilish faoliyati bilan shugʻullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 53 050 taga yetgan. Shundan 7 364 tasi Toshkent shahrida faoliyat yuritmoqda.
Toshkent shahri tumanlari kesimida qurilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
— Mirzo Ulugʻbek tumani – 983 ta;
— Yunusobod tumani – 875 ta;
— Chilonzor tumani – 869 ta;
— Yashnobod tumani – 814 ta;
— Yakkasaroy tumani – 743 ta;
— Mirobod tumani – 658 ta;
— Olmazor tumani – 548 ta;
— Shayxontohur tumani – 541 ta;
— Sergeli tumani – 458 ta;
— Uchtepa tumani – 428 ta;
— Yangihayot tumani – 266 ta;
— Bektemir tumani – 181 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring