Toshkentning ayrim koʻchalarida harakat tezligi soatiga 60 km.gacha cheklandi
Foto: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxtning Kichik halqa avtomobil yoʻli ichida joylashgan barcha koʻchalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Ayrim koʻchalarda esa transport vositalarining harakat tezligi soatiga 50 km.gacha cheklanadi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Maxtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yoʻli, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat koʻchalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yoʻli kiradi.
Modomiki, ushbu chora oʻz samarasini bersa, kelajakda shahardagi barcha koʻchalarda tezlik pasaytiriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring