Toshkentlik 53 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi
Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli M.K. (ayol) Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolangan.
Unga “COVID-19” ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya hamroh kasalliklari bilan ogʻrigan.
Xastalik oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring