Toshkentga giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 3-yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan osoyishtalik posbonlari “Spark” rusumli avtomobilni toʻxtatishdi. Avtomobilni tekshirish chogʻida haydovchiga tegishli sellofan parchaga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda borligi aniqlandi. U mazkur giyohvandlik moddasini poytaxtga olib kelib oʻtqazmoqchi boʻlgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi Bektemir tumani IIOFMBga olib borib topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring