Toshkentdan keyin Andijonda ham yer silkindi

08:25 12 Mart 2025 Jamiyat
154 0

Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Andijon viloyatining 3 tumanida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Bildirilishicha, bugun, 12-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:11 da Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻlgan. Zilzila koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi M=4 ga teng. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 308 km janubiy-sharqda joylashgan.

Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Xoʻjaobod tumanida 2-3 ball, 13 km;
  • Jalaquduq tumanida 2 ball, 23 km;
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 24 km.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 12-mart kuni soat 06:16 da Toshkent viloyati Toshkent tumanida 3,6 magnitudali zilzila sodir boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер