Toshkentdagi uylardan biri yonib ketdi
Videodan kadr
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan shaxsiy xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa bugun, 8-may kuni Mirobod tumani Sarakul koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonlarning birida yuz bergan.
Yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga soat 14:40 da xabar berilgan. Shunga asosan yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 14:50 da yetib borib, 14:57 da alangani qurshab olgan va oradan 7 daqiqa oʻtib yongʻinni toʻliq oʻchirgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida jarohatlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring