Toshkentdagi restoranlardan birida yongʻin sodir boʻldi
Toshkent shahrida joylashgan restoranlardan birida yongʻin chiqdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 21-iyun kuni soat 08:08 da Uchtepa tumanining “Katta Qani” koʻchasida joylashgan restoranlarning birida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 08:16 da yetib borib, yongʻin 15 daqiqa ichida, yaʼni soat 08:31 da oʻchirilgan.
Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida restoran hududining gaz taqsimlash xonasida boʻlgan gaz taqsimlash uskunasi va 5 kv.m maydondagi taxta boʻlaklari yongan. Yongʻindan tan jarohati olgan va halok boʻlgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.
“Ayni paytda yongʻinning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring