Toshkentdagi opera va balet teatri haqida film suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan “Oqqushlar parvozi” hujjatli filmi suratga olinmoqda.
Mazkur film Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining tarixi va buguniga bagʻishlanadi. Filmda teatr hayoti, opera sanʼati dargʻalari, ustoz baletmeysterlar faoliyati haqida hikoya qilinadi.
Film ssenariy muallifi va rejissyor Nurillo Narzullayev, operator Muzaffar Yusupov, ovoz rejissyori Farruh Hamidov, film direktori Jahongir Shodmonov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring