Toshkentdagi xonadonlardan birida yongʻin chiqdi
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Uchtepa tumanida xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi. FVB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, kecha, 18-sentyabr kuni soat 15:09 da Toshkent shahri Uchtepa tumani Taqachi koʻchasida joylashgan shaxsiy xonadonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar kelib tushgan.
Yongʻin qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 15:14 da yetib borgan, soat 15:42 da yongʻin qurshab olinib, soat 15:50 da oʻchirilgan.
“Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻq. Ayni vaqtda hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 18-sentyabr kuni tonggi soat 07:28 da Olmazor tumani Usta Shirin koʻchasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida, soat 10:01 da Uchtepa tumani Almoniy koʻchasida joylashgan tikuvchilik korxonasida yongʻin sodir boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring