Toshkentdagi kafelarning birida yongʻin sodir boʻldi

18:16 25 Iyun 2021 Jamiyat
770 0

Bugun, 25-iyun kuni soat 14:20da Toshkent shahar Yashnobod tumani S.Mashxadiy koʻchasida joylashgan “Peggyʼs Bar & Grill” MCHJ binosi va unga tutash boʻlgan uyda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Mazkur xabar asosida voqea joyiga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 14:27da yetib borgan. Yongʻin soat 14:48da oʻrab olinib, soat 15:03da batamom oʻchirildi.

Yongʻindan “Peggy ʼ s Bar & Grill” MCHJ binosining 120 kv.m maydonida ichki va tom qismi hamda unga tutash boʻlgan uyning 30 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 90 kv.m maydon saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok boʻlganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер