Toshkentdagi YTHda skuter yoʻlovchisi halok boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yangihayot tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida 19 yoshli yigit halok boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 2-avgust kuni soat 19:10 larda Yangihayot tumani KHAY koʻchasi 58-uy qarshisida yuz bergan. Oʻsha kuni “Lacetti” rusumli transport vositasi, skuter mototransport vositasi va “Isuzu” rusumli yuk mashinasi ishtirokida toʻqnashuv roʻy bergan.
YTH oqibatida skuterning 19 yoshli yoʻlovchisi M.S. olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring