Toshkentdagi yoʻllardan biri vaqtincha yopiladi
Yoʻl taʼmirlash ishlari sababli Toshkent shahridagi Fargʻona yoʻli koʻchasining “Islom ota” masjididan Yongʻin-qutqaruv qismi yoʻnalishidagi qismi (moʻljal: “Oʻzbek qogʻozi” OAJ) uch sutka davomida harakatlanish uchun qisman yopiladi. Ikki tomonlama harakatlanish qatnov qismining bir tarafi boʻylab tashkil etiladi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.
Haydovchilarga vujudga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yoʻllardan foydalanishlari tavsiya etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring