Toshkentdagi “Gʻalaba bogʻi” yopildi
Toshkentdagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yopildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida kecha, 20-may kunidan yangi ekspozitsiyalarni joylashtirish hamda majmua hududida kichik taʼmirlash va dezinfeksiya ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 20-may kunidan qisqa muddatga “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik toʻxtatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring