Toshkentdagi foydalanilmayotgan binoda yongʻin sodir boʻldi

00:29 22 Avgust 2021 Jamiyat
1419 0

21-avgust kuni soat 19:06da Toshkent shahar, Sergeli tumani, Saʼdiy koʻchasida joylashgan vaqtincha foydalanilmayotgan binoning ichki qismida chiqindi yonayotganligi toʻgʻrisida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Vazirlik xabariga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 19:12 da voqea joyiga yetib borib, soat 19:18 da yongʻin qurshab olingan va soat 19:22 da yongʻin batamom oʻchirilgan. Yongʻinda toʻplab qoʻyilgan 80 kv.m maydonda chiqindilar yongan.

Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер