Toshkentdagi yerosti yoʻlida shift devori koʻchib tushdi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumanida joylashgan «Buyuk ipak yoʻli» metro bekati yaqinidagi yer osti yoʻli tomining bir qismi qulab tushgani haqida xabar tarqaldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarga koʻra, joriy yil 12-avgust kuni, taxminan soat 14:30da yer osti yoʻlining ustki koʻcha qismida ekilgan gazonlarga suv quyish natijasida yer osti yoʻlining tepasida toʻplanib qolgan suv ogʻirligi natijasida plastik (alyukobond) ning bir qismi qulab tushgan, jabrlangan, jarohat olganlar yoʻq.
Bir necha daqiqalar ichida muammo mutaxassislar tomonidan bartaraf etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring