Toshkentdagi ayrim yoʻllar 10 kunga yopiladi
Toshkent shahar hokimligining maʼlum qilishicha, ayrim yoʻl qismlari harakatlanish uchun yopiladi.
Yoʻl taʼmirlash ishlari sababli joriy yilning 17-oktyabr kuni soat 00:00 dan 27-oktyabr kuniga qadar quyidagi yoʻl qismlari harakatlanish uchun yopiladi:
— Fargʻona yoʻli koʻchasidan Compass SKMga oʻtuvchi yoʻl;
—Compass SKM yaqinidagi koʻprik ostidagi qaytish yoʻli (razvorot);
— TXAYdan Fargʻona yoʻli koʻchasiga chiquvchi yoʻl.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring