Toshkentdagi 75 ta mahalladan chiqindilarni olib ketish xizmati «Maxsustrans»ga qaytariladi

20:22 20 Iyul 2024 Jamiyat
728 0

Toshkent shahridagi 75 ta mahallada maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish bilan shugʻullanayotgan korxonalar bilan tuzilgan davlat-xususiy sheriklik bitimlari muddati uzaytirilmaydi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi.

Bundan tashqari, yana 65 ta mahallaga xizmat koʻrsatadigan korxonalar bilan bitim muddati 6 oy muddatga sinov tariqasida uzaytiriladi.

Sanitar xizmat koʻrsatuvchi muqobil korxonalar bilan DXSH bitimlari 2019-yil fevralida, 5-yil muddatga tuzilgan.

Bitim muddati uzaytirilmaydigan korxonalar tomonidan xizmat koʻrsatib kelingan mahallalar «Maxsustrans-ICHB» DUKga topshiriladi.

Bunday korxonalarning mavjud debitor va kreditor qarzdorliklari billing tizimi bilan taqqoslanib, haqqoniyligiga aniqlik kiritiladi. Ularning boshqaruviga berilgan moddiy boyliklar va yuzaga kelgan debitor va kreditor qarzdorliklar xatlov natijalariga koʻra davlat tomonidan qayta qabul qilib olinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер