Toshkentdagi 4 ta avtobus yoʻnalishida harakat qayta tiklanmoqda
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shota Rustaveli koʻchasidan oʻtuvchi navbatdagi 4 ta avtobus yoʻnalishi harakati qayta tiklanmoqda, deb xabar berdi Toshkent shahar transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi.
Maʼlum qilinishicha, ertaga, 22-oktyabr kunidan boshlab 2-, 18-, 45- va 94-sonli avtobus yoʻnalishlari Shota Rustaveli koʻchasidagi markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) orqali harakatni boshlaydi.
“Ushbu yoʻlak orqali harakatlanayotgan avtobuslarga ustuvorlik berish lozim.
Loyiha maqsadi — jamoat transportiga ustuvorlik berish, tirbandliklarni kamaytirish va yoʻlovchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishdir”, deyiladi Transport boshqarmasi xabarida.
Boshqarma, shuningdek, quyidagilarni eslatib oʻtgan:
Yoʻlovchilar uchun:
• Avtobuslar yoʻlning oʻrta qismidagi maxsus ajratilgan yoʻlak orqali harakatlanadi.
• Platformaga faqat belgilangan piyodalar oʻtish joylari orqali chiqing.
• Avtobus toʻliq toʻxtagachgina eshikka yaqinlashing.
• Avval keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilarga yoʻl bering.
Haydovchilar uchun:
• Markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) faqat avtobuslar uchun moʻljallangan.
• Bu yoʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi qatʼiyan taqiqlanadi.
• Chapga burilish va ortga qayrilish har ikki yoʻnalishda ham taqiqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring