Toshkentda yuz bergan YTH oqibatida haydovchi halok boʻldi
Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, taxminan soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasidagi “Xosilot” mehmonxonasi yaqinida “Lacetti” rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borgan 1996-yilda tugʻilgan Murodjon M. boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetida toʻxtab turgan 1964-yilda tugʻilgan Shukurulla X. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” avtobusiga toʻqnashgan.
Xabarda aytilishicha, toʻqnashuv oqibatida “Lacetti” haydovchisi voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, mazkur hodisa boʻyicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring