Toshkentda yuk mashinasi 3 yoshli bolani bosib ketdi
Toshkent shahri Uchtepa tumanida yuk mashinasi 3 yoshli bogʻcha boʻlasini bosib ketdi. Bu haqda «Millar» dasturida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB Navbatchilik qismiga Uchtepa tumani Koʻkcha darvoza koʻchasida yoʻl-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar kelib tushgan.
Unga koʻra, yuk mashinasi haydovchisi xususiy bogʻcha qarshisidan harakatlanib ketayotgan vaqtida 2021-yilda tugʻilgan piyodani urib yuborib, YTH sodir etgan. Oqibatda 3 yoshli bola olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati rahbari Qahramon Xudoyberganovning maʼlum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring