Toshkentda yangi qurilayotgan binoda yongʻin yuz berdi
Bugun, 13-mart kuni soat 11:08 da Toshkent shahar FVBBga Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan turar joy binolaridan birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan.
FVV qutqaruv ekipajlari voqea joyiga bir daqiqa ichida — soat 11:09 da yetib borishgan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida yongʻin soat 11:16 da qurshab olinib, 11:19 da toʻliq bartaraf etilgan.
Maʼlum qilinishicha, yongʻin natijasida binoning ikkinchi qavatidagi qurilish materiallari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Toshkent shahar FVBB fuqarolar va tadbirkorlardan yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni soʻrab qoladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring