Toshkentda yangi yoʻnalishda avtobus harakati yoʻlga qoʻyiladi
“Toshshahartransxizmat” Toshkent shahrida 6-iyuldan boshlab yangi yoʻnalishda avtobus harakatini yoʻlga qoʻyadi.
Yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 6-iyul kunidan boshlab, 130-sonli “Olchazor mahallasi – Food city savdo markazi” avtobus yoʻnalishida 11 ta YUTONG CNG rusumli avtobuslar biriktirilishi maʼlum qilingan.
Shuningdek, 99-sonli “Suvsoz mavzesi – Farxod bozori” yoʻnalishiga qoʻshimcha 2 ta va 146-sonli “Chinni bozori – Chorsu savdo markazi” avtobus yoʻnalishiga qoʻshimcha 4 ta YUTONG CNG rusumli avtobuslar biriktirilishini maʼlum qilamiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring