Toshkentda yangi innovatsiyalar uyi ochiladi

19:57 10 Iyun 2023 Jamiyat
781 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi”ga tashrif buyurdi. 

Vazir tashrif doirasida “Diba Innovation HUB” binosi bilan tanishib, ikki tomoning kelgusidagi rejalari va istiqbolli loyihalari haqida fikr almashildi.

“Bu loyihadan katta natijalar kutyapmiz. “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi” ikki davlatning oʻzaro ilm-fan texnologiyalari va yutuqlarini almashishida koʻprik vazifasini bajaradi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Eron va Oʻzbekistonning kelgusidagi hamkorligida ushbu markazning hissasi qoʻshilishiga, bu yerda yirik loyihalar amalga oshirilishiga ishonchim komil. Ushbu markazda xalqaro koʻrgazmalar, forumlar tashkil etiladi”, dedi vazir.

Maʼlumot uchun, innovatsion HUBʼning qurilish jarayoni endigina yakunlandi. U 5 qavatdan iborat. 4-qavati “Toshkentdagi Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyi”dir. Markazda kafe, restoran, dam olish xonalari ham mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер