Toshkentda universitet mansabdorlari 740 mln soʻm byudjet mablagʻlarini “tuya” qilgani aniqlandi
Illyustrativ foto
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov Telegram kanalida maʼlum qildi.
Bildirilishicha, agentlikka kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati oʻrganilgan.
Oʻrganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 mln soʻmlik ish haqini ortiqcha toʻlab yuborib, byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Saparovning taʼkidlashicha, hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan universitet mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda oʻrganish jarayonida toʻplangan hujjatlar prokuraturaga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring