Toshkentda Turkiya universitetining filiali ochiladi

15:21 18 Iyun 2020 Hujjatlar
1909 0

“Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etiladi.

Filialning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, taʼlim oluvchilarning innovatsion gʻoyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.

Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi va filialda taʼlim faoliyati 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.

Filial bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер