Toshkentda Turkiy davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi

13:09 20 Oktyabr 2023 Jamiyat
360 0

Bugun Toshkentda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning yig‘ilish ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov o‘qib eshittirdi.

Sh.Mirziyoyevga ko‘ra, ushbu yig‘ilish xalqaro miqyosda murakkab vaziyat hukm surayotgan bir sharoitda bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi kunda jahon prognoz qilish qiyin bo‘lgan va hatto oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarni keltirib chiqaradigan fundamental o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda.

Xalqaro maydonda o‘zaro ishonch va bir-birini tushunish inqirozi keskin sezilmoqda. Global va mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchaymoqda va yangi xavf-xatarlar vujudga kelmoqda.

Tadbirda terrorizm, ekstremizm va yoshlarning radikallashuvi, kiberjinoyatchilik, narkotik vositalarning tarqalishi, transchegaraviy jinoiy guruhlar faoliyatiga qarshi kurashishda kuchlarni birlashtirish hamda boshqa dolzarb vazifalar yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер