Toshkentda “Tez yordam“ mashinasi “Epika” bilan toʻqnashdi
Toshkentda tez tibbiy yordam mashinasi “Epika” bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-aprel kuni soat 12:40 lar atrofida Toshkent shahar, Olmazor tumani Nurafshon-Chigʻatoy koʻchalari kesishmasida chaqiruv boʻyicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirogʻida haydovchi G.I. “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasida harakatlanib chiqqan vaqtida yashil chiroqda kesishmadan harakatlanib oʻtayotgan haydovchi N.S. boshqaruvidagi “Epika” rusumli transport vositasi bilan toʻqnashgan.
Natijada, “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi va yoʻlovchisi, “Ford” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi haydovchisi va ikki nafar yoʻlovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur toʻqnashuv yuzasidan hozirgi vaqtda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring