Toshkentda TDTga aʼzo mamlakatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

12:43 28 Oktyabr 2022 Siyosat
551 0

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo mamlakatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Transport vazirligi maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya temir yoʻllari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda TDTga aʼzo davlatlar oʻrtasida temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Yigʻilishni TDT Bosh kotibi Bagʻdod Amreyev kirish soʻzi bilan ochdi va mazkur transport yoʻlagini rivojlantirishning alohida ahamiyatini, tashkilotga ga aʼzo davlatlar oʻrtasida yuk tashish hajmini oshirish yoʻllari, shuningdek, oʻzaro hamkorlik va umumiy hamkorlikning bir qator muhim masalalarini hal etish zarurligini taʼkidlab, manfaatli natijalarga erishishga katta umid bildirdi.

Yigʻilish ishtirokchilarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi Xusnutdin Xasilov qutlab, TDT davlatlari Oʻzbekistonning muhim va ishonchli hamkorlari ekanligini taʼkidladi. U shuningdek, soʻnggi yillarda turkiy tilli mamlakatlarda temir yoʻl transporti sezilarli darajada rivojlanganligini, ochiq vagonlardan tashqari, konteyner tashuviga ham talab yuqori ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, 2019-yilda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qirgʻiziston va Turkmaniston oʻrtasida “OTM mamlakatlari – Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Yevropa” xalqaro multimodal yoʻnalishini rivojlantirish toʻgʻrisida imzolangan bayonnomani amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Tadbir davomida barcha temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlari transport sohasini, xususan, temir yoʻl transportini TDT davlatlari oʻrtasida faol rivojlantirish istaklarini bildirdilar.

Majlisda tomonlar yuk tashish hajmini oshirish, qoʻshni davlatlar tranzit tashuvlarini tashkil etish, konteyner va multimodal tashuvlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, axborot texnologiyalari va yuk tashuvlari jarayonlarida dastlabki maʼlumotlar almashinuvi sohasidagi hamkorlik masalalari xususida ham fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер