Toshkentda taniqlik dizayner oʻldirib ketildi
Toshkentda dizayner Narimon Grigoryanning oʻldirib ketilgan jasadi topildi. Bu haqda Telegramdagi Uzbfashion guruhida maʼlum qilingan.
Hozircha, Narimon Grigoryanning nima sababdan oʻldirib ketilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Narimon Grigoryan moda sohasida faoliyat yurituvchi dizayner sifatida koʻplab xalqaro tanlov va koʻrgazmalarda Oʻzbekiston nomidan ishtirok etib kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring