Toshkentda suzish bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazilmoqda
Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Shu kunlarda Toshkent suzish bo‘yicha I Markaziy Osiyo ochiq chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 23-mayga qadar davom etadigan musobaqada 5 mamlakat vakillari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti.
Ortda qolgan kun Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli “Suv sporti saroyi”da turnirning tantanali ochilish marosimi tashkil etildi. Unda hukumat vakillari va jamoat arboblari, shuningdek, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham ishtirok etdi.
Tadbirdan so‘ng kun dasturidan o‘rin olgan final bellashuvlariga start berildi. Qiziqarli bahslarda Eldor Usmonov, Anastasiya Zelinskaya kabi terma jamoamiz yetakchilari o‘z masofalarida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.












Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring