Toshkentda «Suvsoz» xodimlari quduqdagi gazdan boʻgʻilib vafot etdi

22:24 12 Iyun 2020 Jamiyat
1331 0

12-iyun kuni soat 09:00 larda Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida profilaktika ishlarini olib borayotgan ikki nafar «Suvsoz» DUK xodimi halok boʻldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, «Suvsoz» DUKning 31 yoshli X.B. hamda 32 yoshli X.N. ismli xodimi profilaktika ishlarini olib borish maqsadida kichik halqa avtomobil yoʻlida joylashgan Yakkasaroy tumanidagi «Sazanchik» kafesi roʻparasidagi quduqqa tushgan.

Dastlabki taxminga koʻra, u yerda toʻplangan zaharli gazlar oqibatida «Suvsoz»ning ikki xodimi boʻgʻilish natijasida halok boʻlgan. Ularni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli H.R. esa zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

“Tez yordam xizmatiga voqea guvohlari xabar bergan. Hozirda hodisa sabablari aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер