Toshkentda sport tibbiyotining dolzarb muammolariga bagʻishlangan xalqaro anjuman boshlandi

Poytaxtimizda “Sport tibbiyotining dolzarb muammo va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi. U Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan, Milliy Olimpiya qoʻmitasi koʻmagida tashkil etildi.
Anjumanda sohaga daxldor vazirlik, qoʻmita va boshqa tashkilotlardan vakillar, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Tadbirda mahalliy va xorijlik mutaxassislar sport tibbiyotining dolzarb vazifalariga oid maʼruzalar bilan ishtirok etyapti. Ularning ichida Rossiyadan tashrif buyurgan taniqli akademik, MDH va Boltiqboʻyi davlatlari sport tibbiyoti vrachlari assotsiatsiyasi prezidenti Boris Polyayev, yaponiyalik olim, 2020 yilgi Tokio Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari tashkiliy hayʼat aʼzosi Ishida Xiroyuki kabilar bor.
Konferensiya davomida master-klasslar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring