Toshkentda sambo boʻyicha mamlakat chempionati start oldi
Bugun, 21-fevral kuni Toshkent shahrida sambo boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Uch kun davom etadigan bellashuvlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 750 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Bellashuvlar “Universal” (Taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli) majmuasida ayollar va erkaklar oʻrtasida sportcha sambo, shuningdek jangovar yoʻnalishida ham tashkil etiladi. Har bir yoʻnalishda 7 tadan vazn toifasida medallar oʻz egalarini topadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring