Toshkentda “qurollangan” erkak tanishini jarohatladi

14:45 22 Iyun 2024 Jamiyat
554 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh fuqarolar oʻzaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Tasvirlarda bir fuqaro boshqasiga toʻpponcha oʻqtalganini koʻrish mumkin. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 20-iyun tungi soat 00.30 larda Mirzo Ulugʻbek tumanida 1998-y.t. Sh.B., 2001-yilda tugʻilgan A.K., 1991-y.t. Oʻ.Z., 2002-y.t. F.A. oʻzining tanishi 1992-yilda tugʻilgan J.R. bilan oʻzaro janjallashib ketishgan va J.R.ni qoʻl bilan urib tan jarohati yetkazishgan.

Oqibatda jabrlanuvchi “Bosh miya chayqalishi, bosh miya yumshoq toʻqimalari lat yeyishi” jarohati bilan xususiy tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Aniqlanishicha, J.R. holatni yashirish maqsadida tibbiyot xodimlariga oʻzi yiqilib tushganini aytib, IIOga murojaat qilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

“Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Sh.B.ning yonida aniqlangan toʻpponcha koʻrinishidagi olov yondirgich ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Tergov davom etmoqda, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi IIBB munosabatida.

Xabarda shuningdek, gumon qilinuvchilar Sh.B. va A.K. protsessual tartibda ushlangani hamda hozirda qolgan gumonlanuvchilarni ushlash choralari koʻrilayotgani qoʻshimcha qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер