Toshkentda qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogi boshlandi
Bugun poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogi bahslari boshlandi. 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida tashkil etilayotgan mazkur musobaqa shpaga, rapira va sablya dasturlarida yakkalik hamda jamoaviy yoʻnalishda tashkil etilmoqda.
Bu galgi bellashuvlarda Rossiya, BAA, Xorvatiya, Ozarbayjon, Belarus, Hindiston, Isroil, Qirgʻiziston, Shveysariya, Ukraina, Turkiya, Polsha, Saudiya Arabistoni, Qozogʻiston davlatlaridan 260 dan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.
Reglamentga koʻra, bugun rapira boʻyicha yakkalik bellashuvlarida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi.
Мusobaqa Singapur menejmentni rivojlantirish instituti sport majmuasida oʻtkazilmoqda.
Musobaqa tavqimi quyidagicha:
9-dekabr: Rapira boʻyicha yakkalik
10-dekabr: Shpaga boʻyicha yakkalik, rapira boʻyicha jamoaviy
11-dekabr: sablya boʻyicha yakkalik, shpaga boʻyicha jamoaviy
12-dekabr: sablya boʻyicha jamoaviy.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring