Toshkentda qanoti shikastlangan burgutga yordam koʻrsatildi
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga aholi xonadonlaridan biriga burgut yirtqich qushi borligi haqida murojaat kelib tushdi.
Murojaat oʻrganilganida Yashnobod tumani, “M.Ashrafiy” MFY, 74-uyga burgut kelib qolgani maʻlum boʻldi. Xonadon egasi qanoti shikastlangan qushga yordam koʻrsatgan va bu haqda ekologiya boshqarmasiga xabar bergan.
Burgut tuman ekologiya inspektorlari tomonidan Toshkent hayvonot bogʻiga joʻnatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring