Toshkentda o'zaro gap talashib qolgan tanishlar janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar fuqaro oʻzaro janjallashganligi aks etgan video keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, turli muhokamalarga sabab boʻlgan ushbu holat joriy yilning 6-iyun kuni taxminan soat 17:00 larda Olmazor tumani, Sagʻbon 1-berk koʻchasida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, 1993-yilda tugʻilgan fuqaro U.E. tanishi 1993-yilda tugʻilgan fuqaro M.A. bilan ogʻzaki tortishib qolib, oʻzaro janjallashib ketgan. Yaqin atrofda boʻlgan fuqarolar ularni ajratgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ushbu janjal oqibatida jarohat olganlar aniqlanmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora koʻrish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudiga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring