Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shugʻullangan shaxslar qoʻlga tushdi

14:52 03 Iyun 2025 Jamiyat
292 0

Toshkent viloyatida noqonuniy dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullangan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Nurafshon shahri boʻlimi, DXX, IIV va Bojxona xodimlari hamkorligida va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shugʻullanib kelgan N.A. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 72 000 dona “sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 17 900 AQSH dollari va 30 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning “KIA” rusumli avtomashinasi hamda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi yashash xonadonidan sotish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 240 million soʻmlik 867 quti dori vositalari hamda 29 turdagi 72 389 dona tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Chirchiq shahri boʻlimi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Q.B. fuqaro Sh.B.ga kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan jami 11 500 dona “Menavazin” va “Metralin” nomli dori vositalari hamda “sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 130 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi, yaʼni sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер