Toshkentda muddati oʻtgan dori vositalarini sotayotgan tadbirkor ushlandi

02:40 12 Fevral 2022 Jamiyat
1468 0

Foto: Illustrativ foto

Poytaxtning Yashnobod tumanida yaroqlilik muddati oʻtib ketgan dori-darmonlarni sotishning oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshirish chogʻida tadbirkor xususiy korxonadan 1000 oʻram «Prometey» sotib olgani maʼlum boʻldi. Dorilarning yaroqlilik muddati oʻtib ketganiga qaramay, tadbirkor ularni yetkazib beruvchiga qaytarib bermay, sotuvga qoʻygan.

Qayd etilishicha, u 269 dona muddati oʻtgan paketlarni sotishga muvaffaq boʻlgan. Qolgan 731 ta paket uyda saqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер