Toshkentda majburiy badal uchun toʻlangan mablagʻlarni oʻzlashtirgan MCHJ aniqlandi

11:16 02 Fevral 2024 Jamiyat
207 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.T.” MCHJ masʼul shaxslari 2022-yil va 2023-yilning iyul oyiga qadar Tuzel dahasidagi koʻp xonadonli uylarning mulkdorlari tomonidan majburiy badal uchun toʻlangan mablagʻlarning 184 mln soʻmini goʻyoki ish haqi sifatida va 974,7 mln soʻmini turli tovar moddiy boyliklar xaridi uchun sarflanganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер