Toshkentda “Malibu-2” va “Nexia-1” ishtirokida YTH sodir boʻldi

15:43 07 Avgust 2024 Jamiyat
471 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqda Toshkentda “Malibu-2” YTHga uchragani tasvirlangan video va fotolar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 7-avgust kuni soat 05:20 larda Chilonzor tumani Zargarlik-Shirin koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan. Unda “Malibu-2” hamda “Nexia-1” rusumli avtomashinalar oʻzaro toʻqnashgan.

YTH oqibatida, “Nexia-1” haydovchisi va “Malibu-2” rusumli avtomashina yoʻlovchisi tan jarohati olgan.

Manbaga koʻra, hozirda holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер