Toshkentda maktab oʻquvchisini mashina urib yubordi

16:57 03 Dekabr 2025 Jamiyat
375 0

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumanida maktab oʻquvchisini mashina urib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, mazkur voqea bugun, 3-dekabr kuni soat 11:20 larda Mirobod tumani Yangi zamon-Eski sarakul koʻchalari chorrahasida sodir boʻlgan. Maktab oʻquvchisi yoʻlni tartibga solingan piyodalar oʻtish joyidan kesib oʻtayotgan vaqtida “Cherry” rusumli avtomashina uni urib yuborgan.

YTH oqibatida jabrlangan piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent shahrining Olmazor tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Hongqi” rusumli mashina ikkiga boʻlinib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер