Toshkentda “Lacetti” va “Tracker” toʻqnashuvi oqibatida bir nafar piyoda vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida yoʻl transport-hodisasi sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 13:30 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Oltin tepa-Chahbud koʻchalari chorrahasida “Lacetti” rusumli transport vositasi va “Tracker” rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Toʻqnashuvdan soʻng “Tracker” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetida turgan piyodani urib yuborgan.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl transport-hodisasi natijasida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan,
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring